ICCI 2024 - Yangi mo'ljallar, standartlar, texnologiyalar


27 fevral 2024 y. - 28 fevral 2024 y.

photo_2023-09-04_14-58-10.jpg

ICCI 2024 - 5-Yubiley Qurilish sanoati xalqaro anjumani 27-28-fevral kunlari Toshkent shahrida bo'lib o'tadi.

Anjumanni  Congresses of Central Asia – CCA kompaniyasi Iteca Exhibitions xalqaro ko'rgazma kompaniyasi hamda ICA Eurasia Group hamkorligida tashkil etmoqda. Anjuman an'anaviy ravishda "Qurilish – UzBuild" xalqaro ko'rgazmasining biznes dasturi doirasida O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi hamda "O'zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasining rasmiy ko'magi ostida o'tkaziladi.

O'zbekistonda qurilish sohasi iqtisodiyotning muhim qismi hisoblanadi va barqaror o'sishda davom etmoqda. Ushbu sektorga kirltilgan investitsiyalar mamlakatga katta iqtisodiy foyda keltiradi. O'zbekistonning ko'chmas mulk sohasiga xorijiy investorlarning qiziqishi ortib bormoqda, ular dunyoning eng yaxshi amaliyotlarini qo'llashga va hayratga soladigan loyihalarni amalga oshirishga harakat qilmoqdalar.

Xalqaro qurilish sanoati anjumani – ICCI 2024'da sanoat afzalliklarini tahlil qilishingiz, dunyodagi eng yaxshi muhandislik yechimlari haqida bilib olishingiz, o'z tajribangizni bayon qilishigiz mumkin. Anjuman tobora ko'proq "yashil" standartlarga, resurslarni avaylashga, uy-joy xavfsizligiga va qulay yashash muhitini yaratishga e’tiborini qaratmoqda.

Sanoat professionallari – me'morlar, loyihachilar, obyektlarni boshqarish bo'yicha mutaxassislar, texnologlar va ishlab chiqaruvchilar o'z tadqiqotlari, sinovdan o’tgan ilg’or tajriba vositalari va biznesingizni  rivojlantirish uchun muhim xulosalarni taqdim etadilar. Jahon miqyosidagi spikerlar o'zlarining tajribalarini strategik panel muhokamalarida, sanoatning eng dolzarb mavzularini qamrab oluvchi sessiyalarning qiziqarli nutqlarida bayon etadilar.

Anjuman haqidagi asosiy faktlar:

  • 30 dan ortiq spikerlar, sanoatning yetakchi mutaxassislarining chiqishlari
  • 10 dan ortiq mamlakat
  • 400 dan ortiq delegat - sanoat mutaxassislari
  • 2 kun, 10 sessiya
  • UzBuild ko'rgazmasi bilan bir maydonda
  • Tematik seminarlar va master-klasslar

Anjuman - mahsulot va xizmatlarni samarali targ'ib qilish uchun qulay biznes platformasi, shuningdek, biznes aloqalarini o'rnatish va jahon sahnasidagi maqomingizni tasdiqlash uchun noyob imkoniyatdir.

ICCI 2024 dasturi ishlab chiqilmoqda
Ishtirok etish haqida qo'shimcha ma'lumotni tashkilotchilardan olish mumkin:
Congresses of Central Asia MChJ - ССА  
Email: icci@cca.uz     
www.icci.uz


Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech