Eksportchi korxonalar uchun “Ready 4 Trade Central Asia” o‘quv-trening o‘z faoliyatini boshladi

News image

Bugun “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida «Uz Export»  akademiyasi bilan  hamkorlikda “Ready 4 Trade Central Asia” o‘quv-trening o‘z faoliyatini boshladi. Unda tarmoq  korxonalarining mas’ul xodimlari Yevropa bozorlariga chiqish talablari, transchegaraviy elektron tijoratning afzalliklari, tadbirkorlik subyektlarining savdo standartlariga rioya qilish qobiliyatini kuchaytirish va boshqa dolzarb mavzularda o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirishadi.

IMG_0618.jpg

Davlatimiz rahbarining 2023-yilning 18-dekabrida hamda 2024-yilning yanvar oyida o‘tkazilgan video selektor yig‘ilishlarida soha oldiga hududlarda ishlab chiqarishni yangi bosqichga olib chiqish, mashhur xorijiy brend korxonalarni O‘zbekistonga jalb qilish, lak-bo‘yoq, marmar, kafel va santexnikalar bo‘yicha mashhur brendlar buyurtmalarini joylashtiruvchi 30 ta “sorsing” kompaniyalari bilan kelishuvga erishib mahalliy korxonalarga bog‘lab berish kabi bir qancha vazifalar belgilab berilgan edi.

IMG_0621.jpg

Prezident topshiriqlari ijrosini ta’minlash, eksportyor korxonalarga ko‘maklashish, yangi bozorlarni o‘rganish maqsadida bugungi o‘quv-treningi tashkil etildi.

Dastlab, uyushma rahbariyati va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi ITM, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Abdurashid Qodirov so‘zga chiqib yig‘ilganlarga trening maqsadi va vazifalari haqida ma’lumot berishdi.

IMG_0623.jpg

Ta’kidlanishicha, “Ready4Trade Central Asia” loyihasi Markaziy Osiyoning beshta davlatida xalqaro savdoni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Bunga transchegaraviy talablarning shaffofligini oshirish, tartibga solish va protsessual to‘siqlarni bartaraf etish, tadbirkorlik subyektlarining savdo standartlariga rioya qilish qobiliyatini kuchaytirish, transchegaraviy elektron tijoratni takomillashtirish orqali erishiladi. Loyiha Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladi.

Trening sessiyalarga bo‘lingan holda olib borildi. E’tiborlisi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professor-o‘qituvchilari, milliy VLS o‘quv platformasidan foydalangan holda taqdimotlar o‘tkazishdi.

IMG_0625.jpg

Tadbirning birinchi kuni Xalqaro savdo qoidalari, Yevropa Ittifoq bozori talablari mavzularida ma’ruzalar tinglandi. Shu bilan birga mahsulotlarni sertifikatlashtirish, transport-logistika, bojxona ma’lumotlari haqida ham so‘z yuritildi.

IMG_0626.jpg

Trening 26-martga qadar davom etadi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech