“INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi boshlandi

News image

Bugun poytaxtimizdagi "O‘zekspomarkaz" MKMda an’anaviy “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi boshlandi. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Rossiyaning Sanoat va savdo vazirligi tomonidan tashkil qilingan tadbirda turli mamlakatlarning yirik kompaniya, kichik va o‘rta biznes vakillari o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etishmoqda.

Xususan, ko‘rgazma va ishbilarmonlik dasturida O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘izistondan yuzlab ishlab chiqarish korxonalari va biznes delegatsiyalari qatnashmoqda.

Mamlakatimiz iqtisodiyotining asosiy drayverlaridan biri qurilish materiallari sanoati vakillari ham xalqaro ko‘rgazmada jahon standartlariga javob beruvchi, eksportbop mahsulotlarini namoyish qilishmoqda.

“INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro ko‘rgazmasi Rossiya-O‘zbekiston hamkorligi va ikki tomonlama savdoni mustahkamlash va kengaytirish, Rossiyaning yuqori texnologiyali mahsulotlarini Markaziy Osiyo mamlakatlari bozoriga eksport qilishda muhim rol o‘ynaydi.

Xalqaro ko‘rgazma 24-aprelga qadar davom etadi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech