“INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida biznes uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi

News image

Poytaxtimiz mezbonlik qilayotgan an’anaviy “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasining ikkinchi kuni ishbilarmon doira vakillari bilan bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Jumladan, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi boshqaruv raisining o‘rinbosari Baxtiyor Bobokulov Tatariston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari - Savdo va sanoat vaziri Oleg Korobchenko va “STEINBLOCK” kompaniyasi bosh direktor o‘rinbosari Ilgiz Xasanov bilan muzokara olib bordi. Unda Tatariston Respublikasiga mahalliy tabiiy pardozbop toshlarni yetkazib berish, hududda yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish, zamonaviy avtoklav gazobeton texnologiyasini joriy qilish bo‘yicha so‘z yuritildi.

Shuningdek, Chelyabinsk sanoat, yangi texnologiyalar va tabiat resurslari vazirining o‘rinbosari Mixail Knaub boshchiligidagi delegatsiya bilan biznes uchrashuv xam o‘tkazildi. Unda Rossiyaning “Elmetro” va “PRIDE” kompaniyasi vakillari ham ishtirok etishdi. Unda O‘zbekistondagi qurilish materiallari turlari, eksport-import imkoniyatlar, investitsiya muhiti haqida fikrlar almashildi. Xususan, mahalliy qurilish materiallarini Rossiya va boshqa davlatlarga eksport qilish, hamkorlikda yangi loyihalarni amalga oshirish, ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirish borasida kelishib olindi.

01-photo_2024-04-23_15-55-54.jpg

“INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasida O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘izistondan yuzlab ishlab chiqarish korxonalari va biznes delegatsiyalari qatnashmoqda.

Mamlakatimiz iqtisodiyotining asosiy drayverlaridan biri qurilish materiallari sanoati vakillari ham xalqaro ko‘rgazmada jahon standartlariga javob beruvchi, eksportbop mahsulotlarini namoyish qilishmoqda.

Xalqaro ko‘rgazma 24-aprelga qadar davom etadi.

02-photo_2024-04-23_15-56-05.jpg

Ma’lumot uchun, 2024-yil yanvar-mart oylari bo‘yicha Rossiya davlatiga 38,2 mln dollarlik (jami qurilish materiallari eksporti 134,3 mln dollar shundan Rossiya ulushi 25 foiz) qurilish materiallari eksporti amalga oshirildi. Jumladan 13,8 mln dollarlik metall buyumlar, 5 mln dollarlik PVX profil, truba va plastmassa mahsulotlari, 4,2 mln dollarlik keramika mahsulotlari, 3,9 mln dollarlik issiqlik saqlovchi materiallar, 3 mln dollarlik gulqog‘oz va boshqa qog‘oz mahsulotlari eksporti amalga oshirildi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech