Jizzax viloyati qurilish materiallari bo'yicha xalqaro forumga mezbonlik qiladi

News image

Joriy yilning 26-aprel kuni Jizzax viloyati Forish tumanida “Oʻzsanoatqurilishbank” va “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamkorligida “Bazalt asosli mahsulotlarni iqtisodiyotning turli sohalarida qo‘llashning samaradorligi” mavzusida xalqaro forum bo’lib o’tadi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 8-9 aprel kunlari Jizzax viloyatiga tashrifi davomida “Basalt Uzbekistan” klasteri tarkibidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni iqtisodiyotning turli sohalarida qo‘llashni samaradorligini oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini jadallashtirish, ushbu yo‘nalishda konferensiya va forumlar o‘tkazish topshirig‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilmoqda.

Forumda yirik buyurtmachilar, qurilish korxonalari, loyihalash institutlari va boshqa manfaatdor vazirlik, idoralar, Janubiy Koreya, Chexiya, Rossiya,Turkiya, Italiya davlatlaridan mutaxassislar hamda xorijiy hamkorlar ishtirok etishadi.

Shuningdek, bazalt asosida innovatsion qurilish materiallari ishlab chiqarish, ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan izlanishlar va yangiliklar, mahsulot sifati va xususiyatlari, jahon standarti, shaharsozlik normalari haqida ba'tafsil ma'lumotlar beriladi.

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech