- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- “Sibir sement” xolding kompaniya” AJ bilan memorandum imzolandi
24 Apr 2024
164
“Innoprom. Markaziy Osiyo ” xalqaro sanoat ko‘rgazmasining uchinchi kuni biznes uchrashuvlar, fikr almashuvlar, muzokaralarga boy bo‘ldi. Xususan, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi va “Sibir sement” xolding kompaniya” AJ o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasida savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy sohalarda hamkorlik va qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Rasmiy tadbirda tomonlar hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, O‘zbekiston Respublikasida qurilish materiallari sanoatida investitsiya loyihalarini amalga oshirish, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi a’zolari o‘rtasida qurilish materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha kooperativ aloqalarni o‘rnatish, ikki tomonlama yarmarkalar va qurilish materiallari texnologiyalari ko‘rgazmalarini tashkil etish, texnologik ishlanmalarni amalga oshirish va qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish, har ikki tomon uchun o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarni aniqlash va amalga oshirishga kelishib olishdi. Shuningdek, ikki tomonlama biznes-forumlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlarni tashkil etish, qurilish materiallarini o‘zaro yetkazib berishni (eksport/import) tashkil etish, marketing tadqiqotlari ma’lumotlarini taqdim etish, tashriflar va muzokaralar tashkil etishda ko‘maklashish bo‘yicha ham hamkorlik amalga oshirilishi belgilandi.
Shu kuni yana bir qator qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi yirik kompaniya vakillari bilan ham muzokaralar olib borildi.