Tojikistonda qurilish materiallari savdo uyi ochiladi

News image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston Respublikasiga davlat tashrifi arafasida Dushanbe shahrida O‘zbekiston-Tojikiston investitsiya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirga Tojikiston bosh vaziri o‘rinbosari Usmonali Usmonzoda va O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev hamraislik qildi. Forumda, shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining 600 dan ortiq vakillari, vazirlik va idoralar, tarmoq birlashmalari va viloyat hokimliklari rahbarlari ishtirok etdi.

O‘zaro tovar ayirboshlash hajmi oshgani qayd etildi. So‘nggi sakkiz yilda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 3 barobar oshib, 2023-yilda 750 million dollarga yetdi, yil boshidan esa yana 40 foizga oshdi. Shu bilan birga, ikki mamlakat iqtisodiyoti salohiyatini hisobga olgan holda, yaqin yillarda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 2 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha yangi ulkan maqsadlar e’lon qilindi.

01-photo_2024-04-23_16-51-59.jpg

Hamkorlikda ishlash va qo‘llab-quvvatlash tajribasiga asoslanib, munosabatlarni rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishlari, xususan: metallurgiya va tog‘-qon sanoati, mineral-xom ashyo resurslarini o‘zlashtirish va qayta ishlash, shamol va quyosh energetikasini rivojlantirish, gidroenergetika, mashinasozlik va elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish, agrosanoat kompleksi va yengil sanoat kabi sohalar belgilab olindi. Mamlakat hukumati yangi sarmoyaviy loyihalarga har tomonlama yordam ko‘rsatishga to‘liq tayyor ekanligi bildirildi.

Biznes forum doirasida ikki davlatning sanoat tarmoqlari taqdimotlari ham o‘tkazildi. Jumladan, mamlakatimiz iqtisodiyotining asosiy drayverlaridan bo‘lmish qurilish materiallari sohasida ham chiqishlar qilindi. Unda O‘zbekistondagi investitsiyaviy muhit, hozirgi kundagi qurilish materiallari tarmog‘ining rivojlanishi, ishlab chiqarish hajmi, eksport-import ko‘rsatkichlari namoyish etildi.

Shu bilan birga tadbirda V2V uchrashuvlari ham tashkil etildi. Biznes doira vakillari bilan murokaralar natijasiga ko‘ra Tojikiston Respublikasida “MADE IN UZBEKISTAN” savdo uyini ochish, eksport ko‘lamini yanada kengaytirish bo‘yicha ham kelishib olindi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech