2023-yilda O‘zbekistonda 15,5 million tonna sement ishlab chiqarildi

News image

photo_2024-04-17_10-19-54.jpg

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) ekspertlari tomonidan 2017-2023-yillarda O‘zbekistonda sement sanoatining rivojlanish dinamikasi o‘rganildi.

2017-yilda mamlakatimizning 5 ta hududida joylashgan 12 ta korxonada 8,9 million tonna sement ishlab chiqarilgandi. Sementga talabning yuqoriligi, bozorni rivojlantirishning katta salohiyati va qulay ishbilarmonlik muhitini yaratishga qaratilgan davlat siyosati sohaga yangi investorlar e’tiborini tortdi.

2017-2023-yillarda turli hududlarda energiya tejovchi “quruq” texnologiyalar asosida 25 ta yangi sement ishlab chiqarish quvvatlari tashkil etildi va ularning umumiy quvvati 26,6 million tonnaga yetdi.

2023-yilda O‘zbekistonda 15,5 million tonna sement ishlab chiqarildi va aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan sement miqdori 431 kg ga yetdi. Bu ko‘rsatkich 2022-yilda dunyo miqyosida 510 kilogrammni, Xitoyda 1490 kilogrammni, Saudiya Arabistonida 1460 kilogrammni, Vetnamda 1220 kilogrammni, Turkiyada 980 kilogrammni, Rossiyada 420 kilogrammni, AQSHda 280 kilogrammni tashkil qilgan.

2023-yilda sement ishlab chiqarish hajmi 2017-yildagiga nisbatan 74,1 foizga, aholi jon boshiga ishlab chiqarish esa 55,6 foizga oshdi. Bu esa bozordagi talab va ehtiyojlar to‘liq ta’minlanmaganligini ko‘rsatmoqda.

"O‘zbekiston - 2030" strategiyasida 2030-yilga qadar iqtisodiyot hajmini 2 barobarga ko‘paytirish, shu jumladan mahalliy xomashyo bazasidan samarali foydalanish, texnologik va infratuzilma investitsiyalarini amalga oshirish belgilangan.

Ushbu vazifalarni bajarish uchun sement sanoatida quyidagilarni ta’minlash ko‘zda tutilgan:

  • mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish;
  • “yashil”, energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish;
  • ichki va tashqi bozorda talab yuqori bo‘lgan maxsus sement turlarini ishlab chiqarishni sezilarli darajada oshirish;
  • xarajatlarni kamaytirish va mehnat unumdorligini oshirish.
Manba: ANIQ.UZ

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech