Alohida ro‘yxatda turuvchi yoshlar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

News image

Kuni kecha Toshkent viloyati, Chirchiq shahrida 'Mir Alisher', “Amir Temur”, “Bahor”, “Yoshlik”, “Shodlik” va “Kimyogar”' mahallasida alohida ro‘yxatda turuvchi yoshlar va “O’zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi masʼullari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Ushbu mahallalarda 30 nafar mana shunday nazoratdagi yoshlar istiqomat qiladi. Uyushma esa aynan mazkur yoshlar bilan profilaktik ishlarni olib boradi, ularni qiynayotgan masalalar bo'yicha amaliy suhbatlar tashkil etib keladi.

photo_2024-04-25_10-08-25.jpg

Xususan, bugun shunday uchrashuvlardan biri boʻlib oʻtdi, jumladan, “Kimyogar” mahallasida istiqomat qiluvchi Jahongir Xolmurodov 25 yoshda, mavsumiy ishlar bilan band. Doimiy ish kerakligini bildirdi. “Mir Alisher” mahallasida istiqomat qiluvchi Diyor Ro’ziboyev tuzalish yo’liga o’tgani, ro’yhatdan chiqarish muddatini qisqartirish bo’yicha murojaat qildi. U 29 yoshda bo’lib hozirda haydovchilik bilan shug’ullanayotganini ma’lum qildi. Shu mahallada yashovchi Ulug’bek Shermatov ham . tuzalish yo’liga o’tgani, ro’yhatdan chiqarish muddatini qisqartirish bo’yicha murojaat qildi. U hozirda savdo-sotiq bilan shugullanmoqda. “Mir Alisher” mahallasidan Xusniddin Abdullayev, Bekmurod Yo’ldoshev, Akmal Fayzullayev,Timur Abidjonov, “Kimyogar” mahallasidan Ibragim Yodgorovlar doimiy ish kerakligini ta’kidlashdi.

photo_2024-04-25_10-08-30.jpg

Shodiyona Siddiqova esa mahllasi hududidagi maktabga joylasha olmayotganini ma’lum qildi.

Uyushma mutasaddilari Boshqaruv raisining matbuot kotibi- axborot siyosati masalalari bo’yicha maslahatchi J.Shermetov va yuristkonsult Sh.Xoliqov ularga o‘qib, kerakli kasb egasi bo‘lishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini ta'kidladilar. Ish yuzasidan keying uchrashuvda batafsil ma’lumot berishini, muammolarni bartaraf etishini ta’kidlashdi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech