Energiya tejamkor uy modellarini (maket) tayyorlash

News image
  1. Ishlarning maqsadi

Energiya tejamkor uy modellarining konstruktiv va funksional yechimlarini, shuningdek, ularda qo‘llaniladigan energiya samaradorligiga oid yechimlarni ko‘rgazmali tarzda namoyish etish maqsadida 1, 2 va 4 qavatli uy binolarining maketlarini tayyorlash.

  1. Maketlarning turi, miqdori va maksimal qiymati

Quyidagi maketlarni tayyorlash nazarda tutiladi:

- 1 qavatli uy binosining kesim maketi – 5 dona;

- 2 qavatli uy binosining kesim maketi – 5 dona;

- 4 qavatli uy binosining kesim maketi – 5 dona.

Jami 15 dona energiya tejamkor uy modelining kesim maketlarini tayyorlashning yuqori qiymati 750 mln (yetti yuz ellik million) so‘mni tashkil etadi.

Ushbu qiymat maketlarni ishlab chiqish va tayyorlash, zarur materiallar va konstruktiv elementlar, bezak elementlari bilan bog‘liq barcha xarajatlarni o‘z ichiga olishi lozim.

  1. Maketlarga qo‘yiladigan asosiy talablar

Ijrochi tomonidan tayyorlanadigan maketlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

- 1, 2 va 4 qavatli energiya tejamkor uy binolarining arxitektura-konstruktiv yechimlarini ko‘rgazmali tarzda aks ettirishi;

- binolarning kesim ko‘rinishida tayyorlanishi hamda ichki xonalar, konstruksiyalar va asosiy energiya tejamkorlik yechimlarini ko‘rgazmali namoyish etish imkonini berishi;

- energiya tejamkorlik va energiya samaradorligiga oid asosiy yechimlarni, jumladan, bazaviy issiqlik izolyatsiyasi materiallari va yechimlarini vizual tarzda namoyish etishi;

- maket elementlari sifatli, mustahkam va uzoq muddat foydalanishga mos bo‘lishi;

- tashqi ko‘rinishi estetik va ko‘rgazma talablariga javob berishi;

- maketlarning asosi (taglik qismi) gabarit o‘lchami 1,2 × 1,0 metr bo‘lishi;

- maket masshtabi Ijrochi tomonidan mustaqil ravishda belgilanishi, bunda belgilangan gabarit o‘lchamlari va maketning ko‘rgazmaliligi ta’minlanishi;

- maketlar tayyor holda, namoyish qilish uchun mos va foydalanishga tayyor holatda topshirilishi kerak bo‘ladi.

Maketlarni tayyorlashda foydalaniladigan materiallar Ijrochi tomonidan mustaqil ravishda tanlanadi. Bunda tanlangan materiallar maketlarning sifati, mustahkamligi, tashqi ko‘rinishi va belgilangan maqsadda foydalanish talablariga javob berishi lozim.

  1. Ijrochining majburiyatlari

Ijrochi:

- maketlarni mazkur texnik topshiriq talablari asosida ishlab chiqishi va tayyorlashi;

- zarur materiallar va konstruktiv elementlarni mustaqil ravishda ta’minlashi;

- maketlarni shartnoma tuzilgan kundan boshlab 14 kalendar kuni ichida tayyor holatga keltirishi;

- maketlarni namoyish etish uchun zarur bo‘lgan konstruktiv va texnik elementlarni ta’minlashi;

- maketlarni texnik topshiriq talablariga muvofiq holatda Buyurtmachiga topshirishi shart.

  1. Ishlarni qabul qilish

Tayyorlangan maketlar Buyurtmachi tomonidan mazkur texnik topshiriqda belgilangan talablarga muvofiqligi, sifati, miqdori, gabarit o‘lchamlari va tashqi ko‘rinishi bo‘yicha qabul qilinadi.

Maketlarda texnik topshiriq talablariga nomuvofiqliklar yoki kamchiliklar aniqlangan taqdirda, Ijrochi ularni o‘z hisobidan va Buyurtmachi tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etishi shart.

Ishlarni qabul qilish tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi.

  1. Tanlov o‘tkaziladigan joy va vaqt

Tanlov 2026-yil 28-sentyabr kuni soat 11:00 da Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 5-uy, 7-qavat, 505-xonada o‘tkaziladi.

Manba: Axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech