IMTECH 2026 – Markaziy Osiyodagi kimyo, kompozit materiallar, yelim texnologiyalari va muhandislik oynasi bo‘yicha xalqaro ko‘rgazma

News image

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi qurilish materiallari sanoati korxonalarini IMTECH 2026 – kimyo, kompozit materiallar, yelim texnologiyalari va muhandislik oynasi bo‘yicha Markaziy Osiyoning xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etishga taklif etadi.

IMTECH – kimyoviy xomashyo ishlab chiqaruvchilari, yangi materiallar ishlab chiquvchilari, texnologiya va uskunalar yetkazib beruvchilari, qayta ishlash korxonalari, injiniring kompaniyalari hamda sanoat iste’molchilarini yagona maydonda birlashtiruvchi xalqaro biznes platformadir.

Ko‘rgazmada quyidagi yo‘nalishlar namoyish etiladi:

  • kimyo mahsulotlari va xomashyosi;
  • kompozit materiallar;
  • yelim va bog‘lovchi texnologiyalar;
  • muhandislik oynasi;
  • ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish;
  • zamonaviy sanoat uskunalari va texnologiyalari.

Ko‘rgazma kimyoviy xomashyodan boshlab tayyor mahsulotlar, qayta ishlash texnologiyalari, avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish yechimlari hamda ularning qurilish, transport, energetika, mashinasozlik va infratuzilma loyihalarida qo‘llanilishigacha bo‘lgan to‘liq ishlab chiqarish zanjirini qamrab oladi.

Korxonalarni mazkur xalqaro ko‘rgazmada faol ishtirok etishga taklif etamiz.


Stendingizni oldindan band qilishga ulgurib qoling!

Tashkilotchi

THE SAYS LOT
Toshkent shahri, O‘zbekiston

Telefon raqami: +998 91 785 12 83

Elektron pochta manzili: service@imtech.uz

www.imtech.uz

Manba: Axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech