- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Investorlar diqqatiga! Toshkent viloyati sanoat zonalarida bo‘sh yer maydonlari va ishlab chiqarish obyektlari bo‘yicha tanlov e’lon qilindi
Investorlar diqqatiga! Toshkent viloyati sanoat zonalarida bo‘sh yer maydonlari va ishlab chiqarish obyektlari bo‘yicha tanlov e’lon qilindi
28 июл 2026
21
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi Toshkent viloyati sanoat zonalarini boshqarish direksiyasining murojaatiga muvofiq, Toshkent viloyatidagi sanoat zonalari hududida joylashgan bo‘sh yer maydonlari hamda bino-inshootlarni investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun tanlov asosida taqdim etish bo‘yicha e’lonni ma’lum qiladi.
Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi 134-son qarori bilan tasdiqlangan «Kichik sanoat zonalari to‘g‘risida»gi Nizom talablariga muvofiq o‘tkaziladi. Tanlov natijalariga ko‘ra eng maqbul investitsiya loyihalari tanlab olinadi.
Taqdim etilayotgan lotlar Toshkent viloyatining bir qator tumanlarida joylashgan bo‘lib, ular muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlangan yer maydonlari va obyektlarni o‘z ichiga oladi. Batafsil ma’lumotlar ilova qilingan ro‘yxatda keltirilgan.
Tanlov o‘tkaziladi:
2026-yil 27-avgust
Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Mirzo Bobur ko‘chasi, 1A-uy, «O‘ztelekom» binosi, 5-qavat.
Hujjatlarni qabul qilish muddati:
2026-yil 24-avgustga qadar
Tanlovda ishtirok etish tartibi, talab etiladigan hujjatlar hamda bo‘sh yer maydonlari va binolar ro‘yxati ilova qilingan hujjatlarda keltirilgan.
Ilova: