“KVARS” AJda qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan ochiq muloqot o‘tkazildi

News image

Farg‘ona viloyati Quvasoy shahridagi “KVARS” AJ korxonasida qurilish materiallari sanoatini barqaror rivojlantirish, tarmoqda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish va sohaning dolzarb masalalarini muhokama qilishga bag‘ishlangan ochiq muloqot tashkil etildi.

Uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining topshirig‘iga muvofiq, tadbirkorlar bilan o‘tkaziladigan navbatdagi VI ochiq muloqotga tayyorgarlik ko‘rish, shuningdek, qurilish materiallari sanoati vakillarining taklif va murojaatlarini o‘rganish maqsadida Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahrida tashkil etildi.

DSC00983.jpg

DSC00985.jpg

Tadbirda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB va “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi rahbariyati, Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi hamda Savdo-sanoat palatasi mas’ul xodimlari, shuningdek, sohada faoliyat yuritayotgan 20 ga yaqin qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar rahbar va vakillari ishtirok etdi.

DSC00993.jpg

DSC01000.jpg

Ochiq muloqot davomida ishlab chiqaruvchilar o‘z faoliyatida uchrayotgan dolzarb muammo va takliflarni bildirdilar. Xususan, investitsiya va kredit mablag‘larini jalb etish hamda ular bo‘yicha kompensatsiya va subsidiyalar ajratish, soliq imtiyozlarini kengaytirish, geologiya sohasiga oid masalalar, xomashyo bazasidan samarali foydalanish va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish kabi masalalar atroflicha muhokama qilinib, ularni hal etish yuzasidan amaliy takliflar ishlab chiqildi.

Manba: Axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech