O‘quv-seminar: Prezident nutqining mazmun-mohiyati keng jamoatchilikka yetkazildi

News image

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazishga bag‘ishlangan o‘quv-seminar tashkil etildi.

Tadbirni kirish so‘zi bilan “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi boshqaruvi raisi I. Raximov ochib berdi. Tadbirda uyushma rahbari hamda xodimlari ishtirok etdi.

O‘quv-seminarning asosiy maqsadi — davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmuni va ahamiyatini tushuntirish, shuningdek, belgilangan ustuvor vazifalarning ijrosida har bir xodimning mas’uliyati va daxldorligini oshirishdan iborat.

Seminar davomida Prezidentimiz nutqida ilgari surilgan mamlakatimiz taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari, inson qadrini ulug‘lash, aholi farovonligini oshirish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy bilim va kasblarni egallash hamda jamiyatda ma’naviy muhitni yanada mustahkamlashga qaratilgan muhim vazifalar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, tadbirda mazkur g‘oya va tashabbuslarning qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishdagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, zamonaviy va energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish, innovatsion yondashuvlardan keng foydalanish, mahalliy xomashyo va resurslardan samarali foydalanish, eksport salohiyatini oshirish hamda malakali kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

Seminarda falsafa fanlari doktori (DSc), Ma’rifat targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Ahrorova Shahlo O‘rinboyevna tomonidan mavzuga oid ma’ruzalar qilindi.

photo_2026-10-08_16-44-12.jpg

Tadbir davomida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga bag‘ishlangan videomateriallar namoyish etilib, ularning mazmun-mohiyati yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan vazifalarni chuqur anglash, ularni o‘z faoliyatida izchil amalga oshirish hamda mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish muhimligini ta’kidladilar.

Uyushmada mazkur yo‘nalishdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tizimli ravishda davom ettirish belgilab olindi.

Manba: Axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech