O‘zbekiston delegatsiyasi Afg‘onistonda rasmiy uchrashuvlar o‘tkazdi

News image

2026-yil 25-iyul kuni Afg‘onistonga amaliy tashrif bilan kelgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev boshchiligidagi delegatsiya Hirot viloyati hokimi Nur Ahmad Islomjor hamda Bomyon viloyati hokimi Al-Xoj Qori Gul Xaydar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda delegatsiya tarkibida "O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi hamda boshqa tegishli idora va tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Muloqotlar davomida O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi hamkorlikning joriy holati hamda uning istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.

2026-yil yanvar-iyun oylarida Afgʻoniston bozoriga 51.4 mln dollarlik qurilish materiallari eksport qilindi.

Shundan so‘ng qurilish materiallari sanoati sohasidagi hamkorlik, mazkur yo‘nalishdagi mavjud imkoniyatlar, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, transport-logistika, qishloq xo‘jaligi, sanoat kooperatsiyasi va investisiyaviy loyihalar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Manba: Axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech