- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- O‘zbekiston va Xitoy kompaniyalari o‘rtasida qurilish materiallari sanoatida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
O‘zbekiston va Xitoy kompaniyalari o‘rtasida qurilish materiallari sanoatida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
9 сен 2026
36
Joriy yil 9-sentabr Toshkent shahrida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamda Xitoyning yetakchi kompaniyalari vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda Uyushma boshqaruvi raisi Ilyos Raximov tomonidan sohadagi salohiyat haqida ma’lumot berildi. O‘zbekiston qurilish sanoati korxonalari va Xitoy kompaniyalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, xususan, deraza va eshik tizimlari, eshik furnituralari, avtomatik tizimlar hamda fasad oynalash yo‘nalishlarida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.


Shuningdek, O‘zbekistonda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish, zamonaviy texnologiyalar transferini yo‘lga qo‘yish hamda eksport-import hamkorligini kengaytirish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi Xitoy kompaniyalari bilan sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish hamda qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirishga tayyor ekanini bildirdi.
