OAV vakillari «MEXMASH» MCHJda bo‘lishdi

News image

Namangan viloyati hokimligi va “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamkorligida «MEXMASH» MCHJga OAV vakillari va blogerlar uchun press-tur tashkil etildi. Unda korxona rahbar va xodimlari, uyushma mutaxassislari va OAV vakillari ishtirok etishdi.

Dastlab, korxona mutaxassislari tadbir ishtirokchilari uchun taqdimot o‘tkazishdi. Unda korxona rahbari investitsiya loyihalari, quvvati, mahsulot turi va sifati, ishlab chiqarish jarayoni, eksport salohiyatlari haqida to‘liq ma’lumot berdi.

IMG_0691.jpg

IMG_0693.jpg

Ta’kidlanishicha, "MEXMASH" mas’uliyati cheklangan jamiyati 1982-yilda "Vostok" ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining tarkibiy qismi sifatida tashkil etilgan bo‘lib, 2003-yilda korxona xususiylashtirilgan. 2016-yilda tashkiliy-huquqiy shaklini MCHJga aylantirilgan.

Korxona shu vaqtga qadar ishlab chiqarish va texnik bazani modernizatsiya qilish bo‘yicha muntazam yangi loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.

  • Korxona 2009-yildan po‘lat quvurlarni (truba);
  • 2010-yildan sanoat issiqxona komplekslari va foydali hashoratlarni (brakon, trixogramma va oltin ko‘z) ko‘paytirish uskunalarini;
  • 2015-yildan mahkamlash uchun mo‘ljallangan zamonaviy rezbali mahsulotlarini (shurup va samorez) ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan.

2008-2024-yillarda 30 mln AQSH dollar miqdorida investitsiya kiritilgan bo‘lib, shundan 24 mln AQSH dollari 2018-2024-yillarga to‘g‘ri keladi. Investitsiyaning 15 mln AQSH dollari o‘z mablag‘lari va 15 mln AQSH dollari  bank krediti mablag‘iga amalga oshirilgan.

IMG_0697.jpg

IMG_0701.jpg

Korxonaning bugungi kundagi yillik ishlab chiqarish quvvati mahkamlash uchun va rezbali mahsulotlar 20 ming tonna (500 dan ortiq har xil o‘lchamdagi shurup) va rulonli qog‘oz 18 ming tonna.

Ishlab chiqarish uskunalari Tayvan va Xitoy davlatlaridan keltirilgan.

Yaponiya davlatining uskunalari bilan jihozlangan akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyasi mavjud.

Mahkamlash uchun va rezbali mahsulotlarni ishlab chiqarishni boshlaganda bu soha yangi va mutaxassislar mavjud emas edi. Shu sababli Tayvan va Malayziya mamlakatlaridan mutaxassis yollab, yangi mahalliy kadrlar tayyorlandi. Korxonada mahsulotni ishlab chiqarishning to‘liq davri o‘zlashtirildi, mahalliylashtirish darajasi o‘rtacha 40 % ni tashkil etmoqda.

IMG_0702.jpg

IMG_0705.jpg

IMG_0707.jpg

IMG_0710.jpg

O‘zbekistonda mahkamlash uchun va rezbali mahsulotlarni ishlab chiqarish boshlangani hisobiga, ushbu mahsulotlar narxi oxirgi 5-yilga nisbatan 40 foizga arzonlashdi.

Hozirda qurilish, mebelsozlik, elektronika, avtomobilsozlik va boshqa sanoat sohalari uchun bolt, gayka, vint, shurup va samorez mahsulotlarini ishlab chiqarilib, ichki va tashqi bozorga yetkazib berib kelmoqda.

Xom ashyo (po‘lat sim) Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekistonda metall mahsuloti ishlab chiqaruvchilardan  olib kelinadi (Bekobod metallurgiya kombinati). Qog‘oz xom ashyosi Rossiya Federatsiyasi va mahalliy yetkazuvchidan sotib olinadi.

IMG_0712.jpg

IMG_0713.jpg

IMG_0716.jpg

IMG_0718.jpg

Hozirda korxona mahsulotlarini Litva, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon va Rossiya davlatlariga eksport qilish yo‘lga qo‘yildi. Joriy yilda 6 million AQSH dollarlik mahsulot eksport qilish bo‘yicha shartnomalar tuzildi.

Mazkur natijalarga erishishning asosiy sabablari bu, Yurtboshimiz boshchiliklarida tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan chora tadbirlar hisoblanadi.

Korxona ishlab chiqargan mahsulotini 20 % qismini eksport qilayotgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkichni 2025-2030-yillarda Yevropa ittifoqi va Fors ko‘rfazi davlatlariga eksport qilishni yo‘lga qo‘yish hisobiga 50 % ga yetkazib, mavjud ishlab chiqarishni yana qo‘shimcha oylik 1 100 tonnaga kengaytirish, yangi loyihani amalga oshirish uchun yana 11,7 million AQSH dollar investitsiya kiritish rejalashtirilgan. Hozirda Yevropa bozoriga, aynan Litvaga eksport qilinmokda.

IMG_0722.jpg

IMG_0724.jpg

Press-tur davomida OAV vakillari zamonaviy rezbali mahsulotlari xom ashyosi, texnologiyalar, kelgusidagi rejalar haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishdi. Korxona laboratoriyasida mutaxassislar sinov jarayonlarini amaliy namoyish etishdi.

Shuningdek, press sayohat ishtirokchilari ishlab chiqarish jarayonlari, qadoqlash jarayoni, ishchi-xizmatlarsizlarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. O‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javob olishdi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech