- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
27 июл 2026
14
Joriy yilning 23-iyul kuni «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi tashabbusi bilan qurilish materiallari sanoatida faoliyat yuritayotgan ishlab chiqaruvchi va eksportyor korxonalar vakillari ishtirokida Zoom platformasi orqali onlayn ochiq muloqot o‘tkazildi.
Ochiq muloqot davomida tadbirkorlar tomonidan eksport logistikasi, Yevropa bozoriga chiqish, transport xarajatlarini qisqartirish, mahsulotlarni xalqaro bozorlarda targ‘ib qilish hamda investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan bog‘liq muammo va takliflar muhokama qilindi.


Bildirilgan muammo va takliflar umumlashtirilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralarga kiritish uchun takliflar shakllantirildi.