- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- PVX quvur va fitinglar ishlab chiqaruvchi korxonalar ishtirokida onlayn ochiq muloqot o‘tkazildi
18 авг 2026
123
Muloqot davomida korxonalarning ishlab chiqarish va eksport jarayonida duch kelayotgan muammolari, xususan, polimer xomashyo bilan ta’minlash, logistika xarajatlarini kamaytirish, mahalliy mahsulotlar realizatsiyasini rag‘batlantirish, shuningdek, import qilinayotgan mahsulotlarga nisbatan sertifikatlash va sifat nazorati talablarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-noyabrdagi 748-sonli qarori, Hukumat komissiyasining 2025-yil 18-dekabrdagi 313-sonli bayoni ilovasida "Mahalliy sanoat korxonalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risida"gi nizomiga asosan “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralari, ulardan foydalanish imkoniyatlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-dekabrdagi “Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-365-son qaroriga asosan “Qurilish materiallari sanoati korxonalarining ishlab chiqarish faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalari, raqamlashtirish va avtomatlashtirish tizimlarini joriy etish, ilmiy salohiyatni yuksaltirish hamda energiya auditdan o‘tkazish xarajatlarini qoplash tartibi to‘g‘risi”dagi Nizomning mazmun-mohiyati, moliyaviy yordam ko‘rsatish shartlari va tartibi bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Korxonalar tomonidan bildirilgan taklif va muammolarni batafsil o‘rganish, ular bo‘yicha asoslantirilgan yechimlar ishlab chiqish hamda zaruratga ko‘ra tegishli vazirlik va idoralarga takliflar kiritish belgilandi.