Qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

News image

Joriy yilning 10-avgust kuni “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tashabbusi bilan qurilish materiallari sanoatida faoliyat yuritayotgan ishlab chiqaruvchi va eksportyor korxonalar vakillari ishtirokida Zoom platformasi orqali onlayn ochiq muloqot o‘tkazildi.

Muloqot davomida tadbirkorlar tomonidan mahsulot va xomashyoni tashish uchun temir yo‘l vagonlari yetishmasligi, vagonlar aylanish muddatining uzoqligi, eksport yuklarining chegara va temir yo‘l stansiyalarida turib qolishi, shuningdek, Yevropa bozorlariga mahsulot yetkazib berishda logistika xarajatlarining yuqoriligi bilan bog‘liq muammolar ko‘tarildi.

photo_2026-08-11_09-13-19 (2).jpg

photo_2026-08-11_09-13-19 (3).jpg

Xususan, “Bekobodsement”, “Quvasoysement”, “Asia Metall”, “China Energy International Group Samarkand Cement”, “Samarqand Afrosiyob Sement”, “BNBM Building Materials Central Asia”, “Basalt Wool”, “EKOKERAMA” va “KHOREZM INSULATION GROUP” korxonalarining taklif va muammolari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-noyabrdagi 748-sonli qarori, Hukumat komissiyasining 2025-yil 18-dekabrdagi 313-sonli bayoni ilovasida "Mahalliy sanoat korxonalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risida"gi nizomiga asosan “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralari, ulardan foydalanish imkoniyatlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-dekabrdagi “Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-365-son qaroriga asosan “Qurilish materiallari sanoati korxonalarining ishlab chiqarish faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalari, raqamlashtirish va avtomatlashtirish tizimlarini joriy etish, ilmiy salohiyatni yuksaltirish hamda energiya auditdan o‘tkazish xarajatlarini qoplash tartibi to‘g‘risi”dagi Nizomning mazmun-mohiyati, moliyaviy yordam ko‘rsatish shartlari va tartibi bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Muloqot yakunida korxonalarni zarur miqdorda temir yo‘l vagonlari bilan ta’minlash, vagonlar aylanishini tezlashtirish, eksport yuklarini ustuvor tartibda tashish hamda yuqori logistika xarajatlarini maqbullashtirish va ularning bir qismini qoplab berish bo‘yicha tegishli takliflar shakllantirildi.

photo_2026-08-11_09-13-19 (4).jpg

photo_2026-08-11_09-13-19.jpg

Manba: Axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech