- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Qurilish materiallari namunalari va uylar maketlarini yetkazib berish xizmati uchun tanlov
14 сен 2026
14
- Xizmatning maqsadi
Toshkent shahridagi belgilangan manzildan Boku, Tbilisi, Moskva, Ostona va Bishkek shaharlarida o‘tkaziladigan ko‘rgazmalar manzillariga qurilish materiallarining mahsulot namunalari hamda 3 dona 1, 2 va 4 qavatli uy modellari (maketlarini) but, shikastlanmagan va ko‘rgazmaga tayyor holda yetkazib berish.
Yukning asosiy ko‘rsatkichlari
Umumiy hajmi: 14 m³ (±1 m³);
Taxminiy umumiy og‘irligi: 400 kg (±50 kg);
Yuk turi: qurilish materiallari mahsulot namunalari hamda 1, 2 va 4 qavatli uy modellari (maketlari);
Yuklar nozik bo‘lganligi sababli ehtiyotkorlik bilan tashilishi lozim.
- Yetkazib berish xizmati doirasida bajariladigan ishlar
Ijrochi:
- yuklarni Toshkent shahrida buyurtmachi tomonidan ko‘rsatilgan manzildan qabul qilib olish;
- yuklarni transport vositasiga joylashtirish va xavfsiz mahkamlash;
- yuklarni belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha yetkazib berish;
- zarur transport va tranzit hujjatlarini rasmiylashtirish;
- yuklarni belgilangan ko‘rgazma manzillariga yetkazib berish;
- manzilda yuklarni tushirish;
- yuklarni qabul qiluvchi tomonga but va shikastlanmagan holda topshirish.
Yuklarni maxsus qadoqlash va qadoqlash materiallari bilan ta’minlash buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi.
- Yetkazib berish yo‘nalishlari
Toshkent – Boku, Tbilisi, Moskva, Ostona, Bishkek va belgilangan ko‘rgazma manzillariga. Aniq ko‘rgazma manzillari va qabul qiluvchi tomonning ma’lumotlari buyurtmachi tomonidan ijrochiga 10 kun oldindan taqdim etiladi.
- Yukning saqlanishi va xavfsizligi
Ijrochi yuklarni qabul qilib olgan paytdan boshlab belgilangan manzilga topshirgunga qadar ularning saqlanishi va butligi uchun javobgar hisoblanadi.
Tashish jarayonida yuklarning zarba, tebranish, namlik va boshqa tashqi ta’sirlar natijasida shikastlanishiga yo‘l qo‘yilmasligi lozim.
- Xizmat narxiga qo‘yiladigan talab
Ijrochi tomonidan taklif etiladigan xizmat narxi quyidagi xarajatlarni o‘z ichiga oladi:
- transport xizmati;
- yuklash va tushirish ishlari;
- tashish va tranzit xarajatlari;
- zarur transport va logistika hujjatlarini rasmiylashtirish;
- belgilangan manzilgacha yetkazib berish;
- boshqa zarur transport-logistika xarajatlari.
- Xizmat natijasi va qabul qilish
Ijrochi 14 m³ (±1 m³), taxminan 500 kg yukni belgilangan beshta shaharga kelishilgan muddatlarda yetkazib berishi shart.
Yuklar qabul qiluvchi tomonga but, shikastlanmagan va ko‘rgazmaga tayyor holda topshiriladi.
Xizmatning bajarilganligi yuklarni qabul qilish-topshirish hujjatlari bilan tasdiqlanadi.
- Tanlov o‘tkaziladigan joy va vaqt
Sana: 2026-yil 2-oktyabr
Vaqt: 11:00
Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 5-uy, 7-qavat, 505-xona.
Telefon raqam: +998 55 518 80 00 (2121, 2122), +998 97 440 90 09