- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Qurilish materiallari sanoati vakillari bilan muloqotda dolzarb masalalar muhokama qilindi
2 июл 2026
12
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan o‘tkaziladigan navbatdagi VI Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ishlari doirasida qurilish materiallari sanoati vakillari bilan navbatdagi onlayn uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan Savdo-sanoat palatasi hamda “Qurilishbank” ATB bilan hamkorlikda o‘tkazilib, unda respublika hududlarida faoliyat yuritayotgan qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilari va eksportyor korxonalar rahbarlari ishtirok etdi.

Muloqot davomida tadbirkorlarning ishlab chiqarish jarayonlari, eksport faoliyati, investitsiya loyihalarini amalga oshirish, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari hamda sohada mavjud amaliy muammolar yuzasidan fikr va takliflari tinglandi. Shuningdek, tarmoqni yanada rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.
Uchrashuv yakuniga ko‘ra, tadbirkorlar tomonidan bildirilgan takliflar va ko‘tarilgan masalalar umumlashtirilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI Ochiq muloqoti doirasida ko‘rib chiqish uchun belgilangan tartibda respublika shtabiga taqdim etish maqsadida shakllantirildi.

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan tadbirkorlar bilan bunday muloqotlar izchil davom ettirilib, soha rivojiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etish hamda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratilmoqda.