Qurilish materiallari sohasidagi sifat va nazorat jurnalistlar nigohida

News image

Bugun AOKAda Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, "O‘zsanoatqurilishmaterillari" uyushmasi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamkorligida “Qurilish materiallari ishlab chiqarish va qo‘llashda sifat va nazorat masalalari” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda mutasaddilar, soha mutaxassislari va OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Anjumanda dastlab, 2024-yilda qurilish materiallari sanoatida amalga oshirilgan ishlar, mahalliylashtirish dasturi ijrosi, eksport-import ko‘rsatkichlari, investitsiya loyihalari haqida to‘liq ma’lumot berildi.

01 photo_2024-04-15_12-36-23.jpg

photo_2024-04-15_12-36-23 (2).jpg

Ta’kidlanishicha, oxirgi besh yilda respublikada qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilganligi natijasida, bugungi kunda ushbu tarmoq mamlakat iqtisodiyotning asosiy “drayver” sohasiga aylanmoqda.

Tahlillarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, 2024-yilning yanvar-fevral oylarida qurilish materiallari sohasida jami 3,4 trln so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, o‘sish 108,2 foizni tashkil etgan. Jumladan, o‘tgan hisobot davrida 2,1 mln tonna sement, 3,8 mln kv m qurilish oynasi, 8,2 mln kv m gipsokarton, 4,1 mln kv m keramik plitka, 452 ming o‘ram gulqog‘oz kabi qurilish materiallari ishlab chiqarildi. 

2024-yil I-choragida 152,9 mln dollarlik eksport amalga oshirildi. Xususan, 17,5 mln dollar PVX profillar va trubalar, 8,2 mln dollar alyumin profillar, 12,2 mln dollar keramik plitka va keramika mahsulotlari, 9,6 mln dollar quruq qurilish aralashmalari va sementdan bog‘lovchi materiallar, 16,3 mln dollar oboy kabi qurilish materiallarining eksporti amalga oshirildi. 

Ushbu davrda qurilish materiallari eksporti geografiyasi an’anaviy hisoblangan bozorlar ya’ni Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikistondan tashqari Ozarbayjon, Turkiya, Kanada, Ruminiya davlatlari hisobiga kengaytirildi.

photo_2024-04-15_12-36-23 (3).jpg

photo_2024-04-15_12-36-24 (2).jpg

Hisob kitoblarga ko‘ra, 2024-yilda qurilish materiallari sohasida jami 37,9 trln so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, o‘sish 111,0 foizni tashkil etilishi kutilmoqda.

2024-yilda umumiy qiymati 2,2 mlrd dollarlik bo‘lgan jami  540 ta loyiha amalga oshiriladi.

2024-yilda 1,1 mlrd dollarlik qurilish materiallari eksporti amalga oshiriladi.

2024-yilda mahalliylashtirish dasturi doirasida jami 2 trln so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqariladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-maydagi “Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4335-sonli qaroriga asosan, qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida xalqaro standartlarni o‘rganish, sohaga tatbiq etish hamda sifatli va xavfsiz yangi turdagi qurilish materiallarini ishlab chiqarishga joriy qilish maqsadida 2019-2021-yillarda jami 1387 ta ISO va EN xalqaro standartlari qabul qilindi.

Shuningdek, Uyushma tasarrufidagi 50 ta qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarida Sifat menejment tizimi (ISO 9001) joriy etilib, korxonaga o‘zining sifatga sodiqligini namoyish qilish, mijozlar ehtiyojlarini maksimal darajada qondirishga intilish hamda faoliyatni doimiy takomillashtirish imkonini beradi. Mijozlar fikrini faol o‘rganish esa ishlab chiqarish sifatini yanada yaxshilash, modernizatsiya qilish va yangi turdagi mahsulotlarini ishlab chiqish uchun keng imkoniyatlarni aniqlashga yordam beradi.

Ma’lumot uchun: “Qizilqumsement” AJda ISO 9001, ISO 14001, ISO 45001, ISO 50001 xalqaro standartlar talablari asosida sement va qurilish ohagi ishlab chiqarish jarayonlariga integrallashgan menejment tizimi (IMT) joriy etilgan va “TUV THURINGEN” xalqaro sertifikatlash organining TIC 15 100 74910; TIC 15 104 161413; TIC 15 118 19045; TIC 15 275 20223 raqamli sertifikatlari berilib, xalqaro standartlarni joriy etilishining ahamiyati va afzalliklari bo‘yicha korxona mutaxassislarining malakasi oshirildi.

Bugungi kunda tarmoq korxonalarida xalqaro standartlarni va texnik reglamentlarni joriy qilish va ishchi-xodimlarning malakasini oshirish bo‘yicha korxonalarda xalqaro standartlar va texnik reglamentlarni joriy qilish yuzasidan  O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

photo_2024-04-15_12-36-24 (3).jpg

photo_2024-04-15_12-36-24.jpg

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4059-son qaroriga asosan, “Temir-beton, beton konstruksiyalar xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar”, “Sanitar-texnik mahsulotlarga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari”, “Tosh, gips va keramikadan tayyorlangan mahsulotlar xavfsizligi to‘g‘risida”, “Qurilish komplekslari konstruksiyasining xavfsizligi to‘g‘risida” umumiy texnik reglamentlar hamda “Asbestning xavfsizligi to‘g‘risida”, “Qovushqoq materiallarning xavfsizligi to‘g‘risida”, “Lak-bo‘yoq materiallarining xavfsizligi to‘g‘risida” maxsus texnik reglamentlar ishlab chiqilib qabul qilingan.

Ma’lumot uchun: bazalt asosida armatura, tola (roving) va setka mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi “Mega Invest Industrial” va sement ishlab chiqaruvchi “Huaxin Cement Jizzakh” korxonalarida texnik reglamentlar hamda xalqaro standartlarni joriy etilishining ahamiyati va afzalliklari bo‘yicha malakasi oshirildi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-fevraldagi “O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-91-sonli qarorining 14-band ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan 14 turdagi qurilish materiallari bo‘yicha jami 329 ta Xalqaro (ISO) va Yevropa (EN) standartlari ro‘yxati shakllantirilib amaliyotga joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.

Misol uchun: Lak-bo‘yoq materiallari uchun jami 30 ta, Kompozit materiallar uchun jam 28 ta, Smesitellar uchun jami 10 ta, Panellar (HPL, sendvich, gipsokarton, yog‘ochli) uchun jami 67 ta, Kley (parketlar, keramik plitalar, qurilish, termoplastik quvurlar uchun kley) uchun jami 53 ta va shu kabilar.

Tadbir davomida OAV o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan to‘liq javob olishdi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech