- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Surxondaryo viloyatida “O‘zbekiston–Xitoy” investisiya forumi bo‘lib o‘tdi
17 авг 2026
14
Forum doirasida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi boshqaruvi raisi Ilyos Rahimov O‘zbekiston qurilish materiallari sanoatining investisiya va eksport salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot bilan ishtirok etdi.
Taqdimot davomida mamlakatimizning mineral-xomashyo bazasi, tarmoqning ishlab chiqarish imkoniyatlari, eksport geografiyasi hamda logistika salohiyati haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, Xitoy kompaniyalari bilan yangi investisiya loyihalarini amalga oshirish, zamonaviy texnologiyalarni jalb etish, qo‘shma ishlab chiqarishlarni tashkil etish hamda sinov va sertifikatlash infratuzilmasini rivojlantirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.
Forumda Afg‘oniston bilan hamkorlikni yanada kengaytirish masalalariga ham urg‘u berildi.
Uyushma Xitoy va Afg‘oniston hamkorlari bilan yangi tashabbuslarni ilgari surish hamda yirik qo‘shma investisiya loyihalarini amalga oshirishga tayyor ekanini bildirdi.