Turkmanistondagi biznes-missiya doirasida yirik qurilish bozorlari va “AK Gaya” majmuasiga tashrif amalga oshirildi

News image

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi boshchiligida Turkmanistonga tashkil etilgan biznes-missiya davom etmoqda.

Biznes-missiya doirasida O‘zbekistonning qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalari vakillari Ashxobod shahridagi yirik qurilish bozorlari va savdo majmualariga tashrif buyurdilar.

photo_2026-07-28_11-02-08 (3).jpg

photo_2026-07-28_11-02-08 (4).jpg

Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari “AK Gaya” qurilish majmuasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Uchrashuvda O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallarini Turkmaniston bozoriga yetkazib berish, mahsulotlar assortimentini kengaytirish, savdo aloqalarini rivojlantirish hamda uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilindi.

photo_2026-07-28_11-02-08.jpg

O‘zbekiston korxonalarining ishlab chiqarish va eksport salohiyati, mahsulotlar sifati, narxlari hamda yetkazib berish imkoniyatlari turkmanistonlik hamkorlarga taqdim etildi.

Manba: Axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech