Turkmanistonga biznes-missiya tashkil etilmoqda

News image

“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi boshchiligida mamlakatimiz ishbilarmonlari bilan Turkmanistonga biznes-missiya tashkil etilmoqda.

Asosiy maqsad:

  • qurilish materiallari sohasida eksportni oshirish;
  • hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini o‘rganish;
  • savdo aloqalarini kengaytirish;
  • ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni rivojlantirish.

Ma’lumot uchun, 2024-yilda Turkmanistonga qurilish materiallari eksporti 18 mln dollarini tashkil etgan boʻlsa, 2025-yilda 24,2 mln dollarga oshgan.

Biznes-missiya doirasida Ashxobod shahridagi yangi qurilish va infratuzilma obyektlariga tashrif buyurish, mahalliy soha vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazish, bozor imkoniyatlarini o‘rganish hamda “O‘zbekiston–Turkmaniston” biznes-forumida ishtirok etish rejalashtirilgan.

Ushbu biznes-missiya qurilish materiallari sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Manba: Axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech